Qayd etilishicha, iliq va quruq ob-havo may oyini issiq yozdan farqli ravishda mamlakatga tashrif buyurish uchun eng qulay vaqt hisoblanadi.

Bu paytga kelib poytaxtning Chorsu bozori bahoriy mahsulotlar – koʻk oʻrik (dovcha), olma, qulupnayga toʻladi.

The Times shuningdek, tarixiy muhit va Shoxi Zinda majmuasiga ega Samarqand hamda Ark qalʼasi joylashgan Buxoroni ziyorat qilishni tavsiya qildi.