Oʻzbekiston MDH davlatlari chegara hududlari xalqaro forumida ishtirok etadi

    Joriy yil 10-iyunda Omsk shahrida Rossiya Federatsiyasi va MDH davlatlari chegara hududlari “Doʻstlik samimiy va sof boʻlsin!” xalqaro forumi boshlandi.

    Unda hokimiyat organlari, madaniy muassasalar, ilmiy doiralar, milliy-madaniy birlashmalar va yoshlar tashkilotlari vakillari ishtirok etadi. MDH ga aʼzo mamlakatlar va Rossiyaning turli hududlaridan va 100 dan ortiq ishtirokchilar kelishi kutilyapti.

    “Bu yil bayramga Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Tojikistondan, shuningdek Rossiyaning 10 ta hududidan vakillar va ijodiy jamoalar keladi. Bayramdan tashqari 12-iyunda forum dasturida turli madaniyatlarning oʻxshash jihatlari, bugungi kunda nimani birlashtirishi va jipslashtirish mumkinligi muhokama qilinadigan biznes dastur ham boʻlib oʻtadi”,— dedi Omsk oblasti madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Ivan Shein.

    10-iyunda “Jamoat diplomatiyasi zamonaviy sharoitda ichki va tashqi siyosat va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish vositasi sifatida” mavzusida xalqaro ekspertlar uchrashuvi rejalashtirilgan. 11-iyunda mehmonlar ijodiy jamoalarning gala-konsertidan bahra oladi. 12-iyun — Rossiya kunida millatlar namoyishi va “Rossiya — bu biz!” bayram dasturi boʻlib oʻtadi. Gʻalaba maydonidagi asosiy sahnada koʻp millatli bayram konserti boʻlib oʻtadi, deb xabar beradi Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi ijroiya qoʻmitasi matbuot xizmati.


    .