Birinchi bo'limda Bobur Abduholiqov boshi bilan, Aziz Turg'unboev qarshi hujumda to'p kiritdi. 90+2-daqiqada esa Otabek SHukurov jarimadan supergol urib, hisobning 3:3 bo'lishini ta'minladi. Raqiblardan himoyadagi xatolardan foydalangan Raul Ximenes dublga erishdi, Uriel` Antuna ham o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. 

Eslatib o'tamiz, Srechko Katanets jamoasi okeanortidagi dastlabki o'rtoqlik bellashuvida mezbon AQSHga yirik hisobda (0:3) yutqazgandi.