«AzerEnergy» ochiq aksiyadorlik jamiyati (OAJ) Prezidenti Baba Rzaev va boshqa shaxslarning O‘zbekiston energetika tizimi rahbariyati bilan uchrashuvlarida ikki mamlakat energetika tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Tashrif yakunlari bo‘yicha «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ va «AzerEnergy» OAJ o‘rtasida memorandum imzolandi. Memorandumdan ko‘zlangan maqsad – Ozarbayjon energetika tizimi tajribasidan foydalanish va ikki davlat o‘rtasida energetika sohasida hamkorlikni kengaytirishdan iborat.
Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasiga elektr stansiyalari, podstansiyalar, raqamli boshqaruv tizimi va «AzerEnergy» OAJning yangi SCADA tizimi, ushbu tizimlarni qo‘llash uchun zarur bo‘lgan muhim omillar, dasturiy ta’minot, avtomatlashtirish va boshqa sohalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.