Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi FIFA reytingida yuqoriladi

    Sport 10 Iyul 2025 1403

    Milliy jamoa Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)ning yangilangan reytingida ikki pogʻona yuqoriladi.

    Qayd etilishicha, FIFA tomonidan 10-iyul kuni eʼlon qilingan yangilangan reytingga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasi 1449,12 ochko bilan 55-oʻringa koʻtarildi.

    Osiyo Futbol Konfederatsiyasida (AFK) Oʻzbekiston milliy jamoasi kuchli oʻntalikdan joy oldi.

    Milliy terma jamoa Osiyoda Yaponiya (17-oʻrin, apreldagi reytingdan 2 pogʻona pastlagan), Eron (20, -1), Janubiy Koreya (23, oʻzgarishsiz), Avstraliya (24, +2) va Qatardan (53, +2) keyin 6-oʻrinda bormoqda. Oʻzbekistondan soʻng ketma-ket oʻrinlarni Iroq (28, +1) va Saudiya Arabistoni (59, -1) egallagan.