22 Apr 2025
16:16

    Oʻzbekiston milliy jamoasining Qirgʻiziston va Eronga qarshi oʻyin uchun tarkibi eʼlon qilindi

    Roʻyxatda Abduqodir Husanov, Eldor Shomurodov, Abbosbek Fayzullayev ham bor.

    Oʻzbekiston Milliy terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichi doirasida 20-mart kuni Qirgʻiz Respublikasi terma jamoasini Toshkentda qabul qiladi.

    Shuningdek, 25-martda esa Eronga qarshi safarda oʻyin oʻtkazadi.

    Bosh murabbiy Timur Kapadze tomonidan yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxatida legionerlardan Abduqodir Husanov, Eldor Shomurodov, Abbosbek Fayzullayev va yaqinda jarohati tuzalib oʻyinga qaytgan Oston Oʻrunov hamda Jaloliddin Masharipov ham joy olgan.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech