O‘zbekiston Milliy Media birlashmasi Boshqaruv raisi lavozimida faoliyat yuritgan professor Sherzodxon Tojiddinxon o‘g‘li Qudratxo‘ja lavozimidan ozod etildi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy Media birlashmasi Matbuot xizmati.
Shu kunga qadar mamlakatda media sohasini rivojlantirish, ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini mustahkamlash hamda so‘z erkinligini ta’minlash yo‘lidagi samarali faoliyati uchun Sherzodxon Tojiddinxon o‘g‘li Qudratxo‘jaga minnatdorlik bildirildi.
Yangi tayinlangan rahbar Odiljon Tojiyevga mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar, yangi tashabbuslar va media sohasini yanada rivojlantirish yo‘lida zafarlar tilab qolindi.