Koʻrgazmaning ochilishi arafasida Berlin filarmoniyasining katta zalida pianino sozandasi Kirill Rixterning dirijyor Alibek Kabdurahmanov boshchiligidagi Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestri joʻrligida konserti boʻladi.
Dilrabo ohanglar oqshomi uchun maxsus Kirill Rixter oʻzbek sheʼriyati, oʻzi bastalagan musiqa hamda sayqal bergan sahna bezaklariga asoslangan betakror asarni taqdim etadi.
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan koʻrgazma 2023-yilning 4-mayidan 2024-yilning 14-yanvariga qadar Jeyms Simon galereyasi va Berlin Yangi muzeyida boʻlib oʻtadi.