Markazdan oʻrin olgan obyektlar, jumladan, mashgʻulot maydonchasi va stadion loyihasining texnik-tashkiliy jarayonlari koʻzdan kechirildi. Obyektdan oʻrin oladigan 2 ta gibrid va 2 ta sunʼiy qoplamali futbol maydonlarini xalqaro standartlar asosida sifatli bunyod etish, qoʻshimcha drinaj tizimlarini toʻgʻri sozlash, kelgusida chimlarni saqlash va parvarishlar uchun kerakli qurilmalarni tashkil etish yuzasidan topshiriq berildi.

Shuningdek, terma jamoalar futbol markazida joylashadigan tibbiy-tiklanish, yotoqxona va oshxonani zamonaviy uskunalar bilan jihozlash yuzasidan fikr almashildi. Shaharchada kutubxona, restoran hamda yashil hudud tashkil etish loyihasi hamda infratuzilmadan oʻrin oladigan keyingi rejalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, quruvchi kompaniya vakillariga barcha jarayonlarni jadallashtirish, qurilish ishlarini sifatli amalga oshirish bilan bir qatorda loyihalarning xavfsizlik jihatlariga alohida eʼtibor qaratish kerakligi aytildi va kerakli koʻrsatmalar berildi.