Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 2026-yili boʻlib oʻtadigan jahon chempionati saralash bahslarining 3-bosqich doirasidagi 4-tur uchrashuvini BAAga qarshi oʻtkazdi.
Uchrashuvning birinchi boʻlimida hisob ochilmagan boʻlsa, 66-daqiqada mehmonlar vakili Abdulla Hamad maydondan chetlatildi. Shundan soʻng vakillarimizning hujumlari xavfli koʻrinish ola boshladi.
70-daqiqada Bobur Abduxoliqov zaxiradan maydonga tushgach, penalti ishladi. 11 metrlik nuqtaga dastlab Masharipov yaqinlashgan boʻlsa, yakunda zarbani Otabek Shukurov yoʻlladi.
Penaltidan Otabek Shukurov gol kiritib, hisobni ochdi (1:0). Oʻyin oxirigacha boshqa gol kiritilmadi va Oʻzbekiston MTJ muhim 3 ochkoni qoʻlga kiritib, ochkolari sonini 10 taga yetkazdi.
Shu tariqa, Oʻzbekiston 10 ochko bilan guruhda yaqqol peshqadamga aylanib oldi.
suratlar Sport vazirligi saytidan olindi