баннер
27 Mar 2025
03:50

    Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Eronga qarshi koʻk libosda oʻynaydi

    Ertaga JCH-2026 saralashi doirasida Oʻzbekiston futbol boʻyicha milliy terma jamoasi Eronga qarshi oʻyin oʻtkazadi.

    Bugun ushbu bahs oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Unda OFK tomonidan ishtirokchilarga oʻyinga oid bir qator masalalar, xususan, marketing, tibbiyot va xavfsizlik yoʻnalishlari yuzasidan tushuntirish va eslatmalar berib oʻtildi.

    Futbolchilarimiz mazkur bahsda toʻliq koʻk, darvozabonimiz esa yashil libosda harakat qilishi maʼlum boʻldi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech