Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ertaga JCH-2026 saralashi doirasida KXDRga qarshi oʻyin oʻtkazadi.
Bugun ushbu bahs oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda OFK tomonidan ishtirokchilarga oʻyinga oid bir qator masalalar, xususan, marketing, tibbiyot va xavfsizlik yoʻnalishlari yuzasidan tushuntirish va eslatmalar berib oʻtildi.
Futbolchilarimiz mazkur bahsda toʻliq koʻk, darvozabonimiz esa yashil libosda harakat qilishi maʼlum boʻldi.