Oʻzbekiston milliy terma jamoasi qurʼada qaysi savatchadan oʻrin olgani maʼlum boʻldi

    Sport 26 Noyabr 2025 478

    FIFA 2026-yilgi Jahon chempionati qurʼa savatchalari haqida maʼlumot berdi. Unga koʻra, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 3-savatchadan oʻrin oldi.

    Eslatib oʻtamiz, mundialga qurʼa tashlash marosimi 5-dekabr kuni AQSH poytaxti Vashingtonda joylashgan “The Kennedy Center” majmuasida oʻtkaziladi.

    Ushbu nufuzli tadbirda OʻFA rahbariyati, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro, murabbiylar shtabi hamda FIFA tomonidan maxsus taklif etilgan oʻzbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimov ishtirok etadi.