Tokioda-2020 oʻyinlarida ishtirok etayotgan har bir davlat uchun mamlakat milliy tarixi va madaniyatining oʻziga xos elementlarini aks ettiruvchi noyob kimonolar yaratildi.

Ularning har birini yaratish uchun olti oydan bir yilgacha vaqt sarflangan. Ushbu ajoyib loyihani Yoshimasa Takakura 2014-yilda oʻylab topgan.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun tayyorlangan kimononing printlarida mamlakatimiz uchun muhim boʻlgan yodgorliklar aks ettirilgan. Oʻrik gullariga burkangan Registon maydonidagi Tilla-Kori madrasasi va gullayotgan sakura bilan bezatilgan Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri tasviri terma jamoamiz vakillariga koʻtarinki kayfiyat bagʻishlagan boʻlsa, ajab emas.