Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi maʼlumotiga koʻra, Milliy terma jamoasi mazkur turlarga munosib tayyorgarlik koʻrish uchun 28-may kuni navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻiniga kirishadi va 29-maydan yigʻinni Birlashgan Arab Amirliklarida davom ettiradi.
Quyida terma jamoamiz bosh murabbiyi Timur Kapadze ushbu yigʻinga jalb etilgan futbolchilar roʻyxati bilan tanishing:
Darvozabonlar:
- Oʻtkir Yusupov («Fulad«, Eron), Abduvohid Neʼmatov («Nasaf«), Botirali Ergashev («Neftchi«).
Himoyachilar:
- Rustam Ashurmatov («Rubin« Rossiya), Abdulla Abdullayev («Paxtakor«), Abduqodir Husanov («Manchester Siti«), Umar Eshmurodov («Nasaf«), Islom Toʻxtaxoʻjayev («OKMK«), Husniddin Aliqulov («Rizespor«, Turkiya), Hojiakbar Alijonov («Paxtakor«), Sherzod Nasrullayev («Nasaf«), Farrux Sayfiyev («Neftchi«).
Yarim himoyachilar:
- Odil Hamrobekov («Bunyodkor«), Abbos Fayzullayev (SSKA, Rossiya), Jamshid Iskanderov («Neftchi«), Jaloliddin Masharipov («Istiqlol«, Eron), Oston Oʻrunov («Persepolis«, Eron), Otabek Shukurov («Al Feyha«, Saudiya Arabistoni), Abdurauf Boʻriyev («Paxtakor«), Akmal Mozgovoy («Nasaf«), Ruslan Jiyanov («Navbahor«), Hojimat Erkinov («Al Vahda«, BAA), Aziz Turgʻunboyev («Sivasspor«, Turkiya).
Hujumchilar:
- Eldor Shomurodov («Roma«, Italiya), Igor Sergeyev («Paxtakor«).
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Jahon chempionati 3-saralash bosqichida «A« guruhida mundialga chiqish uchun kurash olib bormoqda. Hozirgi paytda Oʻzbekiston terma jamoasi Jahon chempionatiga chiqish uchun juda yaxshi imkoniyatga ega boʻlib turibdi.
Bu guruhda Eron 20 ochko jamgʻarib, birinchi oʻrinda bormoqda va forslar Jahon chempionatiga yoʻl olib boʻlgan. Ulardan soʻng 17 ochko bilan Oʻzbekiston terma jamoasi bormoqda. BAA 13 , Qatar 10 ochko, Qirgʻiziston 6. KXDRda esa 2 ochko bor.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasini 5-iyun kuni BAA bilan boʻlib oʻtadigan oʻyinda gʻalaba yoki durang natijasi ham mundialga olib chiqadi chiqadi.
Mamlakatimiz bosh jamoasi 10-iyun kuni boʻlib oʻtadigan soʻnggi turda Qatarni qabul qiladi. Ushbu oʻyin poytaxtimizdagi «Bunyodkor« stadionida boʻlib oʻtadi.









