Oʻzbekiston milliy terma jamoasining Qatarga borishi uchun charter reys yoʻlga qoʻyiladi

    Sport 16 Oktabr 2024 368

    Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati saralashi doirasidagi keyingi 2 ta oʻyini uchun Doha — Vyentyan — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha maxsus charter reys tashkil etiladi.

    Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

    Milliy jamoa keyingi uchrashuvlarni 14-noyabr kuni Qatarda mezbonlarga qarshi hamda 19-noyabr kuni Laosda Shimoliy Koreyaga qarshi oʻtkazadi. Mehmondagi ikkita oʻyinda jamoaga qulaylik yaratish maqsadida OʻFA tomonidan reja asosida maxsus reys yoʻlga qoʻyiladigan boʻldi.