Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidiqov va Moʻgʻuliston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Batsumber Munxjin boshchiligidagi delegatsiyalar turli sohalardagi Oʻzbekiston-Moʻgʻuliston hamkorligining dolzarb masalalarini muhokama qildi.
Siyosiy aloqalarni faollashtirish, parlamentlararo muloqotni rivojlantirish, shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirishdan oʻzaro manfaatdorlik taʼkidlandi.
Xalqaro va mintaqaviy kun tartibi, tomonlarning xalqaro institutlar doirasidagi oʻzaro hamkorligining turli jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlik salohiyatidan yanada samarali foydalanish muhimligini qayd etdilar.
Maslahatlashuvlar chogʻida madaniy-gumanitar sohada aloqalarni rivojlantirish boʻyicha takliflar ham koʻrib chiqildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.