Oʻzbekiston MTJ noyabr oyida Toshkentda Urugvayga qarshi bahs olib boradi

    Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida kuchli jamoalarga qarshi oʻynaydi.

    Championat.atsia sayti maʼlumotiga koʻra, futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyida Urugvay terma jamoasiga qarshi ikkita oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazadi.

    1930 va 1950-yilgi Jahon chempioni hisoblangan Urugvayga qarshi bahslardan biri Toshkentda boʻlib oʻtishi rejalashtirilmoqda. Ikkinchi oʻyin esa Osiyo qitʼasida oʻtadi.

    Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston bunga qadar ikki marta Urugvayga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazgan va bir xil 0:3 hisoblarida magʻlub boʻlgan. Birinchi tarixiy bahs 2018-yil Montevideoda oʻtgan boʻlsa, ikkinchi toʻqnashuv 2019-yil Xitoy mamlakatida sodir boʻlgan.