Unda tashkiliy masala koʻrildi, Toshkent shahri bosh imom-xatibi sifatida ishlab kelayotgan Nuriddin domla Xoliqnazarov Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga saylandi.
Nuriddin domla Xoliqnazarov 1968-yilda Andijon viloyati Asaka shahrida tugʻilganlar. 1992-yilda Buxoro viloyatidagi Mir Arab madrasasi, 1998-yilda Imom Buxoriy nomli Toshkent islom institutini, 2007-yilda esa Fargʻona davlat universitetini tamomlagan.
Ish faoliyatlari davomida Asaka shahridagi “Ahmadali Maxdum” masjidi imom-xatibi, Toshkent shahri “Oq tepa” jome masjidi imom-xatibi, poytaxtdagi “Koʻkaldosh”, Andijon viloyatidagi “Sayyid Muhyiddin maxdum” madrasalari oʻqituvchisi, Andijon viloyati bosh imom-xatibi va 2019-yildan shu kunga qadar Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifalarida mehnat qilayotgan edi.
Alloh taolodan Nuriddin domla Xoliqnazarovga ushbu sharafli va masʼuliyatli vazifada ulkan muvaffaqiyat tilaymiz