Dastur Termiz arxeologiya muzeyi va Tailand milliy muzeyi oʻrtasida imzolangan hamkorlik memorandumi ijrosi doirasida tashkil etildi.
Unda oʻzbekistonlik mutaxassislar buddaviylik madaniy obidalarini konservatsiyalash boʻyicha bilim va koʻnikmalarga ega boʻldilar. Madaniy boyliklarni asrash sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish yoʻnalishlari belgilab olindi.
Bundan tashqari, shu yil oktyabr oyida Tailand milliy muzeyida Oʻzbekiston madaniy merosiga oid fotokoʻrgazma tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.