Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulugʻbek Lapasov va Nauruning BMTdagi doimiy vakili Lara Erab Daniyel imzoladi.
Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida qoʻshma hamkorlikni kuchaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikning oʻzaro manfaatli yoʻnalishlarini topish uchun ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Hujjatning imzolanishi Oʻzbekiston bilan xorijiy davlatlar oʻrtasidagi hamkorlikni faollashtirishda muhim qadam boʻldi.
Shu tariqa, Nauru Respublikasi Oʻzbekiston bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatgan 159-davlat boʻldi.