Shartnomaning asosiy maqsadi – Osiyo-Tinch okeani mintaqasida transport tashuvlarini uygʻunlashtirish va yengillashtirish uchun xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan logistika markazlarini (quruqlik portlarini) qurish va ishlatish boʻyicha koʻrsatmalarni ishlab chiqish.

Xalqaro shartnomani amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston nomidan Transport vazirligi masʼul vakolatli organ etib belgilandi.

Aytilishicha, shartnomaga qoʻshilishdan Oʻzbekistonning logistika markazlarini (quruqlik portlarini) xalqaro ahamiyatga ega obyektlar sifatida qabul qilish va roʻyxatga kiritish kutilmoqda.