Undan keyin muhokamalar G2B va B2 uchrashuvlar doirasida davom etadi.
Uch kun davomida quyidagi qator muhim energetika tadbirlar oʻtkaziladi:
- 26- “Oʻzbekiston neft va gazi — OGU 2024” koʻrgazmasi va anjumani.
- 17- Xalqaro “Energetika, energiya tejamkorligi, muqobil energiya manbalari — Power Uzbekistan 2024” koʻrgazmasi.
- 4-Xalqaro energetika konferensiyasi.
- G2B va B2B uchrashuvlari.
- “Youth Energy Congress” doirasidagi tadbirlar.
- ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimlari.
Energiya haftaligi tadbirlari oʻz ichiga 450 ta kompaniya va brendlar, 50 ta spiker, moderator va 1 200 dan ortiq delegatlarni jamlaydi. Ushbu tadbirlarga boʻlgan katta qiziqish ishtirokchilarning keng geografiyasini ham belgilab berdi. Xususan, Avstriya, Ozarbayjon, Belarus Respublikasi, Belgiya, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Gruziya, Daniya, Hindiston, Indoneziya, Eron, Ispaniya, Italiya, Qozogʻiston, Xitoy, Koreya, Monako, Niderlandlar, BAA, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Singapur, AQSH, Turkiya, Oʻzbekiston, Fransiya, Chexiya, Shveysariya, Yaponiya kabi jami 31 mamlakat ishtirok etyapti.
Shuningdek, neft-gaz va energetika sektoridagi yoshlar marafoni – “UNG-YOUTH MARAFON”, “Zakovat” intellektual oʻyini, videoroliklar tanlovi, “Quvvat” 3D animatsion multfilmlar seriyasi taqdimoti, mutaxassislarning IT salohiyati hakatoni, eng yaxshi startaplar va innovatsion takliflar tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimlari oʻtkaziladi, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.