Memorandumni tuzishdan asosiy maqsad – har ikkala soha faoliyatini hamda ularni tartibga soluvchi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha notariuslarning kasbiy tayyorgarligi va malakasini oshirishga koʻmaklashish hisoblanadi.

Tadbir davomida Oʻzbekiston Notarial palatasi raisi D.Ashurov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi D.Rahimovlar oʻzaro hamkorlik doirasida kelgusida amalga oshiriladigan rejalarni belgilab olishdi.

Tomonlarning elektron axborot tizimlarini oʻzaro integratsiya qilish va undan qonunchilikda belgilangan tartibda oʻzaro manfaatli foydalanishni yoʻlga qoʻyish - oʻzaro hamkorlikning muhim vazifasi sifatida belgilandi.