Majlis davomida Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari va joriy kun tartibining asosiy masalalari muhokama etildi. Hamkorlikni mustahkamlashda sezilarli yutuqlar qayd etilib, oʻzaro aloqalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga eʼtibor qaratildi.
Parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, barqaror rivojlanish, savdo, energetika va ekologiya sohalarida qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirish masalalariga alohida urgʻu berildi.
“Oʻzbekiston – Yevropa Ittifoqi” parlament hamkorligi qoʻmitasining navbatdagi majlisini 2025-yilda Oʻzbekistonda oʻtkazishga kelishib olindi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.