Uchrashuvda tomonlar keyingi yillarda yangi amaliy mazmun bilan boyitilayotgan Oʻzbekiston-Turkmaniston munosabatlarining ijobiy dinamikasini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning muntazam ish olib borishini taʼminlash muhimligi taʼkidlandi.

Tomonlar ikki mamlakat hududlari oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, Oʻzbekiston va Turkmaniston ishlab chiqaruvchilari oʻrtasidagi sanoat kooperatsiyasini kengaytirishga koʻmaklashish maqsadida parlamentlararo muloqotni faollashtirish zarurligiga kelishib oldi.

Shuningdek, madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni mustahkamlash, shu jumladan, bu yoʻnalishda ikki mamlakat aholisi uchun zarur qoʻshma tadbirlarni oʻtkazish amaliyotini davom ettirish masalalari muhokama qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.