O‘ziga xos chempionatda dunyoning turli burchaklaridan, xususan Isroil, Italiya, Serbiya, O‘zbekiston, Germaniya, Rossiya, Dog‘iston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Ispaniya, Turkiya va boshqa ko‘plab davlatlardan tashrif buyurgan oshpazlar, shuningdek, oliy toifadagi hakamlar ishtirok etdi.
O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasining jamoasi chempionat yakuniga ko‘ra 3 ta medalni qo‘lga kiritdi.
– Shoxruzxon Ibragimov – “Baliqli taom” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rin (oltin medal) va “Zamonaviy oshxona – go‘shtli taom” nominatsiyasi bo‘yicha 2-o‘rin (kumush medal);
– Elyorbek Mirboboyev – “Yilning oltin oshpazi” nominatsiyasida 1-o‘rin (oltin medal).
Maʼlumot o‘rnida: mazkur oshpazlik chempionati 2021 yili pandemiya sababli cheklangan ishtirokchilar bilan o‘tkazilgan. “Gastro Antaliya–2022” chempionati 32 davlatdan kelgan 600 dan ortiq ishtirokchilarni qamrab olgan Turkiyadagi eng yirik va eng nufuzli musobaqaga aylandi.