Bugungi kunda infratuzilma, energetika, transport, suv taʼminoti va barqaror rivojlanish yoʻnalishida Bank bilan 3 milliard dollarlik 15 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
«Mamnuniyat bilan aytishim kerakki, bularning hisobidan Oʻzbekiston bankning top-10 ta hamkoridan biriga aylandi.
Misol uchun, Bank bilan hamkorlikda Buxoro viloyatidagi ichimlik suvi tarmoqlarini yaxshilash boʻyicha 720 million dollarlik loyiha qariyb 1,5 million aholini toza ichimlik suvi bilan uzluksiz taʼminlaydi. Yoki “Buxoro – Xiva” temir yoʻlini elektrlashtirish loyihasini ishga tushirish natijasida Xiva shahriga yiliga qoʻshimcha 1 million turist jalb qilish imkoniyati yaratiladi.
Taʼkidlash kerakki, shu kunlarda Bank bilan kelgusi uch yilda yana 4 milliard dollarlik loyihalar dasturini amalga oshirishga kelishib oldik», — dedi Prezident.