Saudiya Arabistonida o'tayotgan 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatida 1-tur bahslari davom etmoqda.
S guruhida O'zbekiston Livan bilan to'qnash kelib, g'alabaga erishdi. Ravshan Haydarov jamoasidan Amirbek Saidov, Ravshan Xayrullaev va Sardor Bahromov to'p kiritdi. Livanliklar yakunda ikki gol bilan hisobdagi farqni minimallashtirishdi.
Avvalroq guruhning birinchi o'yinida Janubiy Koreya va eron o'zaro golsiz durang (0:0) qayd etgandi.
O'zbekiston yoshlar jamoasi 2-turni 10 yanvar kuni eronlik tengqurlariga qarshi o'tkazadi.
Osiyo kubogi U-23. S guruhi. 1-tur
O'zbekiston — Livan 3:2
7 yanvar. Riyod
Gollar: Amirbek Saidov (24), Ravshan Xayrullaev (50), Sardor Bahromov (57) — Leonardo Shahin (65, 90+5).
O'zbekiston — Samandar Muratbev, Behruz Karimov (Muhammadbobur Karimov, 74), G'iyos Rizaqulov, Dilshod Abdullaev, Saidxon Hamidov, Nurlan Ibraimov (Azizbek To'lqinbekov, 86), Ravshan Xayrullaev (Rustam Fomin, 90+6), Sardor Bahromov (Dilshod Murtazoev, 86), Amirbek Saidov (Abdug'ofur Haydarov, 74), Saidumar Saidnurullaev, Asilbek Jumaev.