O'zbekiston Saudiya Arabistonini ham mag'lub etdi

    Sport 26 Aprel 2024 524

    Endi terma jamoamiz 29 aprel kuni soat 19:00da Indoneziyaga qarshi yarim final uchrashuvini o'tkazadi.

    Bugun yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati chorak final o'yinida amaldagi chempion Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushdi va g'alaba qozondi.

    Murosasiz o'tgan o'yinning birinchi bo'limida Husayn Norchaev qo'shib berilgan daqiqalarda hisobni chiroyli gol bilan ochib bergan bo'lsa, 84-daqiqada Umarali Rahmonaliev hisobni 2:0 ga etkazdi. O'yinning 71-daqiqasida saudiyalik Ayman Yahyo ikkinchi sariq kartochka olib, maydonni tark etdi.

    Endi terma jamoamiz 29 aprel kuni yarim finalda Indoneziyaga qarshi o'ynaydi.

    Osiyo kubogi, chorak final

    O'zbekiston - Saudiya Arabistoni 2:0
    Gollar: Norchaev 45+2, Rahmonaliev 84