баннер
16 Apr 2025
20:02

    Oʻzbekiston oʻsmirlar jamoasi muddatidan oldin Jahon chempionatiga yoʻllanma oldi

    Saudiya Arabistonida oʻtayotgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo Kubogida 2-tur bahslari yakuniga yetdi.

    1-turda Tailandni yirik hisobda yenggan Oʻzbekiston bu safar Xitoyga qarshi maydonga tushib, kambek amalga oshirdi — 2:1. Guruhdagi ikkinchi oʻyinda esa mezbon Saudiya Arabistoni Tailandni 3:1 hisobida magʻlub etdi.

    Bu natijadan soʻng Oʻzbekiston oʻsmirlar milliy jamoasi saudiyaliklar bilan birgalikda Osiyoda birinchilardan boʻlib JCH yoʻllanmasiga ega chiqdi. Shuningdek, Islom Ismoilov shogirdlari Osiyo kubogining chorakfinaliga chiqish masalasini ham ijobiy hal qildi.

    Oʻzbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini 9-aprel kuni soat 22:15 da Saudiya Arabistoniga qarshi oʻtkazadi.

    17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi har ikki yilda bir marta oʻtkaziladi va 3−27-noyabr kunlari Qatarda boʻlib oʻtadigan U-17 Jahon chempionatiga saralash turniri hisoblanadi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech