O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ilk turda Paragvayni mag'lub etib, musobaqani g'alaba bilan boshladi

    Sport 5 Noyabr 2025 1111

    Qatarda davom etayotgan U-17 jahon chempionatining ilk turida o'smirlarimiz Paragvayga qarshi bahs olib bordi.

    Oʻzbekiston U17 terma jamoasi mundialdagi ilk uchrashuvida Paragvayni 2:1 hisobida taslim etdi.

    Uchrashuvda Azizbek Abdumoʻminov 25-daqiqada chiroyli gol urib, hisobni ochgan boʻlsa, 45+2-daqiqada oʻzining ikkinchi golini nishonlandi. Paragvay futbolchisi A.Ladesma 89-daqiqada penaltidan gol urib, hisobni qisqartirdi.

    Panama va Irlandiya termalari oʻrtasidagi uchrashuv 1:4 hisobida yakunlandi.

    Endi “J” guruhidagi ikkinchi tur uchrashuvlari 8-noyabr kuni boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston — Irlandiya, Panama — Paragvay termalari oʻzaro kuch sinashadi.