Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasiga mukofotlar topshirildi

    Saudiya Arabistonida oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogida gʻalaba qozongan Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi aʼzolarini tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.

    Toshkent aeroportida boʻlib oʻtgan taqdirlash marosimida Bosh vazir Abdulla Aripov ishtirok etib, Prezident tabrigini oʻqib eshittirdi.

    Terma jamoa murabbiyi “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Futbolchilarga esa “Kelajak bunyodkori” medallari topshirildi.

    Shuningdek, murabbiyga “Equinox”, futbolchilarning har biriga “Cobalt” avtomashinalari topshirildi.