Oʻzbekiston oʻtgan 5 oy ichida qariyb 10 mingta elektromobil import qilgan

    Transport 3 Iyul 2025 1936

    Soʻnggi 5 oy ichida Oʻzbekistonga qiymati 325,3 million dollarlik yengil avtomobil import qilindi.

    Statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-may oylarida mamlakatga 18387 ta yengil avtomobil olib kirilgan boʻlib, ulardan 9789 tasini elektromobillar tashkil etadi.

    Ushbu davrda Oʻzbekistonga avtomobil yetkazib berish boʻyicha yetakchi davlatlar quyidagilar boʻldi:

    • Xitoy – 15873 dona;
    • Koreya Respublikasi – 1882 dona;
    • Hindiston– 168 dona;
    • Yaponiya – 122 dona;
    • AQSH – 82 dona;
    • boshqa davlatlar – 260 dona.

    Shuningdek, 2025-yilning oʻtgan besh oyi davomida Oʻzbekistonda jami 153 814 dona turli rusumdagi yengil avtomobillar (maxsus yengil avtomobillardan tashqari) ishlab chiqarilgan.