«Biz nufuzli xalqaro tashkilotlarning rahbarlari: JST Bosh kotibi Ngozi Okonjo-Iveala, BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi Ijrochi kotibi Tatyana Molchan, BMT Savdo va taraqqiyot konferensiyasi (UNCTAD) Bosh kotibi Rebeka Grinspan, JSST Bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus, Xalqaro mehnat tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy direktori Beate Andreyes bilan bir davrada muloqot oʻtkazdik. Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli oʻzgarishlarni birgalikda muhokama qildik.
Men oiladagi zoʻravonliklarga qarshi kurash boʻyicha mamlakatimiz mintaqada yetakchiga aylanganidan faxrlanaman», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.