Oʻzbekiston Paragvay bilan oʻyinda yirik hisobda magʻlubiyatga uchradi

    Sport 17 Sentabr 2024 239

    Futzal boʻyicha jahon chempionatining A guruhi 2-turidan oʻrin olgan Oʻzbekiston va Paragvay terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv yakunlandi.

    Afsuski 2-turda vakillarimiz 1:4 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

    Gollar: Xorxe Espinosa 16 (0:1), Arnaldo Bayes 17 (0:2), Fransisko Martines 24 (0:3), Adolfo Salas 26 (0:4), Husniddin Nishonov 36 (1:4).

    Birinchi turda Oʻzbekiston Niderlandiya bilan durang oʻynagandi.