Moliya vazirligidan maʼlum qilishlaricha, unda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi davlat sektorining “Yil targʻibotchisi” nominatsiyasini qoʻlga kiritdi. Aytish joizki, bu eʼtirof davlatimiz rivojlanish strategiyasi negizida DXSH dasturining katta ahamiyatga ega ekanligini koʻrsatadi.
Tadbirda ushbu nufuzli mukofotni Oʻzbekistonning Buyuk Britaniyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Said Rustamov qabul qilib oldi.
Bundan tashqari, eng yaxshi kommunal xizmatlar loyihasi nominatsiyasida ikkita loyiha finalchilar qatoriga kiritilgan: BAAning “Masdar” kompaniyasining 457 megavattli “Sherobod QES” DXSH loyihasi va “Veolia Energy Tashkent” MCHJning Toshkent shahar isitish tarmogʻini ishlatish, texnik xizmat koʻrsatish va modernizatsiya qilish boʻyicha loyihasi.
Tantanali marosimda 2021-2022-yillar “The Partnership Awards” mukofot gʻoliblari eʼlon qilinar ekan, ushbu tadbir jamoa va tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan hamkorlik va loyihalarni nishonlash uchun DXSH sohasining barcha jabhalaridan yuqori lavozimli vakillarini bir maqsadga birlashtirdi.
Maʼlumot oʻrnida, “Partnershis Awards” (Sheriklik mukofoti) mukofoti sohadagi mukammallikni eʼtirof etishning eng katta va eng nufuzli sovrini hisoblanadi. “Partnershis Awards” muhim ahamiyatga egaligi shundaki, ular eng kuchli tanqidchilar tomonidan baholanadi. U davlat infratuzilmasini loyihalashtirish, qurish, moliyalashtirish, boshqarish va saqlash uchun sheriklik aloqalarini oʻrnatadigan davlat va xususiy sektor rahbarlariga muhim maʼlumotlarini taqdim etadi.
“Partnershis Awards” mukofotini 2018-yilda Bangladesh, 2017-yilda Melburn va 2016 va 2014-yillarda esa Filippin qoʻlga kiritgan.