Oʻzbekiston pasporti dunyo pasportlar reytingida

    Bilasizmi? 16 Oktabr 2020 2072

    “Henley & Partners” xalqaro konsalting kompaniyasi jahon pasportlarining yangilangan reytingini maʼlum qildi.

    Unga koʻra, 2020-yilning toʻrtinchi choragiga kelib Oʻzbekiston 106 mamlakat orasida 83-pogʻonani egalladi 2019-yilda esa 88-pogʻonada edi.

    Reyting pasport egasi vizasiz kirishi mumkin boʻlgan mamlakatlar soni boʻyicha baholanadi. Ayni vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan pasport egalari dunyoning 57 ta mamlakatiga va hududiga vizasiz kirishlari mumkin. Deb xabar beradi “Yuksalish” umummilliy harakati.