Shartnoma doirasida tomonlar hamkorlikda innovatsion siyosatni amalga oshirishda qatnashish hamda Oʻzbekiston iqtisodiyotining real tarmogʻiga joriy etish boʻyicha innovatsion mahsulotlar yaratish, yosh ixtirochilarni ragʻbatlantirish niyatidalar.
Toshkent shahridagi Amiti universitetining bitiruvchilari “Oʻzbekiston pochtasi” AJ korxonalarida ishlash, talabalar esa amaliyot oʻtash imkoniga ega boʻlishi kutilmoqda.
“Oʻzbekiston pochtasi” AJ Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda “AKT-menejmenti” sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida Toshkent shahridagi Amiti universitetining professorlari va oʻqituvchilarini jalb qiladi.
Tomonlar innovatsion va yoshlar siyosatini amalga oshirish masalalari, shuningdek, oʻquv-uslubiy tavsiyalar va adabiyotlarni nashr etish boʻyicha turli seminarlar, davra suhbatlari hamda konferensiyalar oʻtkazishadi.