Tomonlar delegatsiyalariga Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidiqov va Pokiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Aftab Qurayshiy boshchilik qildi.

Muloqot chogʻida koʻp qirrali Oʻzbekiston-Pokiston strategik sherikligining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishdan oʻzaro manfaatdorlik tasdiqlandi.

Tomonlar yirik investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish, xususan, Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar temir yoʻli qurilishini alohida muhokama qildilar.

Afgʻoniston yoʻnalishida, jumladan, afgʻon xalqiga gumanitar va boshqa yordam koʻrsatish masalalarida oʻzaro munosabatlarni kengaytirish tarafdorligi bildirildi.

Siyosiy maslahatlashuvlar doirasida umumiy kun tartibidagi boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi, shuningdek, qoʻshma tadbirlar jadvali kelishib olindi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.