Oʻzbekiston delegatsiyasining Pokiston Islom Respublikasiga tashrifi doirasida 12-fevral kuni Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining masʼul xodimlari hamda “Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi raisi Erkin Nazarov Pokistonning “Adam Tradi” va “Marhaba” asal mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarida boʻldi.
Mehmonlar korxonalarning ishlab chiqarish sexlari va laboratoriyalaridagi jarayonlarni yaqindan kuzatdi.
Shuningdek, tashrif doirasida asal mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi korxonalar rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.
"Muzokaralar chogʻida Oʻzbekistonda asal mahsulotlarining yetarli zaxirasi mavjudligi va uni eksport qilish imkoniyatlari muhokama qilindi. Birinchi bosqichda 5 tonna, keyinchalik esa bosqichma-bosqich 20 tonnadan asal va asalarichilik mahsulotlarini Pokistonga eksport qilish masalalari koʻrib chiqildi, deya maʼlum qildi Savdo-sanoat palatasi axborot xizmati.