Muloqot chog'ida O'zbekiston va Polsha o'rtasida madaniyat va turizm sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, joriy yilning kuzida Urganch shahrida tug'ilgan Polsha xalq artisti Anna German xotirasiga bag'ishlangan konsert dasturini yuqori saviyada o'tkazish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar almashdi.

Bundan tashqari, ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish doirasida madaniyat va san'at sohasida nou-xau loyihalarni amalga oshirish, madaniyat muassasalariga zamonaviy marketing tizimini kiritish hamda madaniy xizmat ko'rsatishni yana-da rivojlantirish loyihalariga Polsha investorlarini jalb qilish yuzasidan takliflarni ilgari surdi.

Shuningdek, madaniyat, san'at va turizm yo'nalishidagi oliy ta'lim muassasalarining o'zaro hamkorligini yo'lga qo'yish, o'zbekistonlik yoshlarning bakalavr, magistr va doktorantura bosqichlarida tahsil olishlari uchun Polsha stipendiya dasturlari, ta'lim grantlari ajratish masalalari ham muzokara markazida bo'ldi.

Darvoqe, uchrashuv davomida 2023-yilda O'zbekistonda o'tkaziladigan xalqaro festivallarda Polsha vakillari ishtirokini ta'minlash borasidagi muhim jihatlarni ham belgilab oldi.

Elchi janoblari bildirilgan takliflarni qo'llab-quvvatlash har ikki tomon uchun ham manfaatli bo'lishini alohida ta'kidladi.

Uchrashuv yakunida esa mavjud madaniyat va turizm oliy o'quv yurtlari, xalqaro festivallar to'g'risida o'zaro ma'lumot almashishga kelishib olindi.