Muzokaralar chogʻida ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy-texnik hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
2022-yilning birinchi choragida Oʻzbekiston-Polsha biznes-forumini oʻtkazish boʻyicha qoʻshma saʼy-harakatlar, shuningdek, Oʻzbekiston va Polsha hududlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va mamlakatda loyihalarni amalga oshirish uchun Polsha investitsiyalarini jalb etish mexanizmlari muhokama qilindi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.
Uchrashuv yakunida ikkala tomon ham manfaatdor sohalarda hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.