баннер
23 Mar 2025
17:57

    O‘zbekiston Prezidenti Al-Kuvayt shahriga keldi

    Hukumat 17 Fevral 2025 1477

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mish’al as-Sabohning taklifiga binoan 17-fevral kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi.

    Al-Kuvayt xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Amir Shayx Mish’al as-Saboh, Valiahd Shayx Saboh Xolid al-Hamad as-Saboh va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

    O‘zbekiston yetakchisining tashrifi sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, davlat bayroqlari ko‘tarildi, ikki mamlakat madhiyalari yangradi.

    Prezidentimiz faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi. So‘ng davlat rahbarlari rasmiy delegatsiyalar a’zolari va diplomatik korpus vakillarini qutladilar.

    Aeroportning Amir terminalida yetakchilar o‘rtasida qisqa suhbat bo‘lib o‘tdi.

    Bugun O‘zbekiston Prezidenti va Kuvayt Amiri oliy darajada muzokara o‘tkazadilar. Sammit kun tartibidan O‘zbekiston bilan Kuvayt o‘rtasidagi do‘stlik va ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya-moliyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

    Tadbirlar yakunida qator hukumatlararo va idoralararo bitimlar qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech