O‘zbekiston Prezidenti Anqaraga keldi

    Hukumat 15 Mart 2023 3999

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Anqara shahriga keldi.

    Esenbog‘a xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Anqara muzofoti rahbariyati va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

    Tashrif dasturiga muvofiq, bugun davlatimiz rahbari Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashuv o‘tkazadi.

    Ertaga, 16-mart kuni Prezidentimiz Turkiy davlatlar tashkilotining favqulodda sammitida ishtirok etadi.