Uchrashuv avvalida yuqori darajadagi mehmon BАА Prezidenti Shayx Xalifa ol-Nahayon, Аbu-Dabi amirligi Valiahd shahzodasi, BАА Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qoʼmondoni oʼrinbosari Shayx Muhammad ol-Nahayon va mamlakat Bosh vaziri, Dubay Аmiri Muhammad ol-Nahayonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Vazir xorijiy biznesning mamlakatimizga boʼlgan katta qiziqishini yana bir bor tasdiqlagan Toshkent forumining muvaffaqiyatli oʼtkazilgani bilan tabrikladi.
Uchrashuvda amaliy hamkorlikni, eng avvalo, savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar, qishloq xoʼjaligi, infratuzilma, logistika va transport sohalarida oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
“Yashil” energetika sohasidagi hamkorlik natijilari yuqori baholandi. Masdar kompaniyasi mamlakatimiz hududlarida fotoelektrik va shamol elektr stantsiyalarini qurish boʼyicha qator yirik loyihalarni amalga oshirmoqda.
Investitsion hamkorlikni kengaytirish va ustuvor tarmoqlarda yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun katta salohiyat mavjudligi qayd etildi.