5 Fev 2025
14:10

    Oʻzbekiston Prezidenti Belarus yetakchisini prezidentlik saylovidagi gʻalabasi bilan tabrikladi

    Hukumat 27 Yanvar 2025 1620

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-yanvar kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoni kecha boʻlib oʻtgan Prezident saylovidagi ishonchli gʻalabasi bilan samimiy qutladi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-yanvar kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoni kecha boʻlib oʻtgan Prezident saylovidagi ishonchli gʻalabasi bilan samimiy qutladi.

    Davlatimiz rahbari saylovchilarning faol ishtiroki va ovoz berish natijalari Belarus xalqi amaldagi Prezidentga yuksak ishonch bildirayotgani, amalga oshirilayotgan siyosat va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni keng qoʻllab-quvvatlayotganini yana bir bor tasdiqlaganini alohida taʼkidladi.

    Suhbat chogʻida oʻtgan yil 7-9-fevral kunlari Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan Oʻzbekiston-Belarus koʻp qirrali sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

    2024-yilda tovar ayirboshlash hajmi 700 million dollardan oshdi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasi loyihalarini jadallashtirish, yaqin ishbilarmonlik va hududlararo aloqalarni, faol madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom ettirish muhimligi taʼkidlandi.

    Oʻzbekiston va Belarus yetakchilari boʻlajak tadbirlar rejasini ham koʻrib chiqdilar.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech