Ferens List nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonlarni Vengriya Bosh vaziri Administratsiyasi rahbari – vazir Gergey Guyyash va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, bugun oliy darajadagi O‘zbekiston-Vengriya muzokaralari bo‘lib o‘tadi.