O‘zbekiston Prezidenti “Cengiz Enerji” kompaniyasi boshqaruvi raisini qabul qildi

    Hukumat 16 Noyabr 2022 4320

    16-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorijiy investorlar kengashining birinchi majlisi doirasida “Cengiz Enerji” kompaniyasi boshqaruvi raisi Mexmet Chingiz bilan uchrashdi.

    Davlatimiz rahbari bugungi kunda Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridagi energetika quvvatlarini kengaytirish bo‘yicha muhim loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan ushbu turk kompaniyasining faoliyatini yuqori baholadi.

    Boshlangan loyihalarni tez fursatda yakuniga yetkazish hamda ustuvor yo‘nalishlarda, shu jumladan energetika obyektlarini modernizatsiya qilish va transport infratuzilmasini rivojlantirishda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish muhim ekani ta’kidlandi.

    Mexmet Chingiz samimiy qabul hamda xorijiy investorlarning samarali faoliyatiga yaratilayotgan sharoitlar uchun O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorlik izhor etdi. Mamlakatimizda muhim infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishda bundan buyon ham ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.