O‘zbekiston Prezidenti Dubayga keldi

    Hukumat 30 Noyabr 2023 2458

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan 30-noyabr kuni amaliy tashrif bilan Dubay shahriga keldi.

    Aeroportda oliy martabali mehmonni BAA energetika va infratuzilma vaziri Suxayl al-Mazruiy kutib oldi.

    Ertaga, 1-dekabr kuni davlatimiz rahbari BMTning Iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha konferensiyasida ishtirok etadi hamda ushbu global sammit yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi.